Xalq ta’limi vaziri oliy toifali o‘qituvchilar attestatsiyasi masalasida murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, attestatsiyadan o‘tmagan 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega oliy toifali o‘qituvchilarning toifalari bekor qilinmaydi.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Andijonda uzr so‘rashga majburlangan o‘qituvchilar bilan uchrashdi. U mazkur holatni «ustoz sha’nini yerga urish» deb baholab, bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga chora ko‘rilishini ma’lum qildi. Avvalroq, XTV uzr so‘rash tadbiri tuman hokimligi tashabbusi ekanligini tasdiqlagandi.
Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov uchta viloyatga tashrifdan so‘ng, maktablardagi ahvolni qoniqarli emas deb atadi. «Afsuski, hatto o‘z fani bo‘yicha oddiy savolga ham javobni bilmaydigan o‘qituvchilar bor ekan», — dedi u. U o‘qituvchilar qo‘lida inson taqdiri yotganini aytib, «jonkuyarlik bo‘lmasa nima qiladi bu kasbni tanlab?» degan savolni o‘rtaga tashladi. Vazir ta’lim sifatini yaxshilash uchun katta va ko‘p ishlar qilish kerakligini ma’lum qildi.
Yangi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar va ota-onalarga murojaatini e’lon qildi. Unda u butun xalq kelajagiga daxldor sohaning ulkan mas’uliyatini ta’kidladi. «Bugun yechimi kechikayotgan har bir muammo ertaga falokatga aylanishiga shak-shubha yo‘q», — dedi vazir va barchani taklif va mulohazalarni yuborishga chaqirdi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta maktabiga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan Cambridge University Press tomonidan chop etilgan ushbu darsliklar O‘zbekistonning barcha maktablarida ijara asosida berila boshlanadi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan bitiruvchilarga OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball berish bo‘yicha taklifga izoh berdi. «Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak?», — dedi vazir. U ushbu tizimni joriy qilishda korrupsiyaning oldini olish uchun elektron kundalik yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting